Kontent qismiga oʻtish

Buxoro xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro xalqaro aeroporti
Бухоро халқаро аэропорти
IATA kodi: BHKICAO kodi: UTSB
Qisqacha bayon
Aeroport turi xalqaro yo'lovchi tashish
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Buxoro
Joylashuvi Buxoro viloyati, Uzbekistan
Dengiz sathidan balandligi 229 m / 751 ft
Koordinatalari 39°46′30″N 064°29′00″E / 39.77500°N 64.48333°E / 39.77500; 64.48333
Xarita
UTSB (Oʻzbekiston)
UTSB
xaritada
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
01/19 3,000 9,843 Asfalt
Manba: Airport diagram,[1] DAFIF[2][3]

Buxoro xalqaro aeroporti- O'zbekiston Respublikasi,Buxoro viloyati,Bahouddin Naqshbandiy ko'chasi 251 da joylashgan.

Buxoro xalqaro aeroporti-sovet davrida aeroport xisoblanadi.Buxoro xalqaro aeroporti O'zbekistondagi eng gavjum va yirik aeroportlaridan biri xisoblanadi.Buxorodagi aeroportga 1999-yilda "xalqaro nomi berilgan.Xozirda Buxoro xalqaro aeroportida shu aeroportda 20 yildan beri ishlab kelgan Jaxongir Rahimov direktor lavozimida ish olib boradi.Bu lavozimga uni 2021-yil 28-aprel kuni Uzbekistan Airpotrs AJ direktori(raisi) Ra'no Jo'rayeva tayinladi.

Buxoro xalqaro aeroportida 21-asr boshlarida qayta ta'mirlash ishlari olib borildi.Shundan so'ng o'tgan davr mobaynida Uchish-qo‘nish yo‘laklari ta’mirlandi,perronlar soni ko‘paytirildi.2011-yilda bu yerda eng zamonaviy va yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan,soatiga 400 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi aerovokzal qurilib,foydalanishga topshirildi.Xalqaro aeroport Buxoroni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi.2010-yilda “Buxoro” xalqaro aeroporti ellikka yaqin da’vogarlar orasida “Aeroport” xalqaro assotsiatsiyasi e’tirofiga ko‘ra MDHdagi eng yaxshi aeroport degan nomga sazovor bo‘ldi.

Bu yerda elektron chiptalarning joriy etilgani,mustahkam moddiy-texnik bazaning mavjudligi, samolyotlarni ta’mirlash va ular uchun turish joylarining ko‘paygani, uchish-qo‘nish yo'laklarining chang va qordan tozalashda yangi texnologiyalarning qo‘llanayotgani, yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarining kengaygani va sifati oshganini yuqori baholanadi.Xalqaro terminal yo‘lovchilarga keng turdagi jahon standartlariga muvofiq xizmatlarni ko‘rsatadi. Yangi aerovokzal bir soatda 400 nafar yo‘lovchi va sayyohlarni qabul qilish hamda jo‘natish imkoniga ega. Bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan qariyb uch baravar ortiqdir. Bu yerda barcha turdagi xizmatlar ko‘zda tutilgan:VIP va CIP zallar, ona va bola xonasi, tibbiy punkt, aviakassalar, valuta ayirboshlash shoxobchasi, pochta bo‘limi hamda “Duty free” tarmoq do‘konlari. Bularning barchasi aeroport va mamlakatimiz transport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugun “Buxoro” xalqaro aeroporti nafaqat kun sayin ko‘payib borayotgan muntazam reyslar, balki Yevropa, Amerika va Osiyoning ko‘plab davlatlaridan sayyohlarni olib kelayotgan charter reyslarga ham xizmat ko‘rsatmoqda. Aeroportda turli rusumdagi samolyotlarni qabul qilish ishlari xalqaro talablarga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, “Buxoro” xalqaro aeroportida joriy yilning to‘qqiz oyida 1914 ta havo qatnoviga xizmat ko‘rsatilgan,74 ming nafardan ziyod yo‘lovchi tashilgan va bu rejalashtirilgan ko‘rsatkichdan 19 foiz ko‘pdir. “Buxoro” xalqaro aeroporti yangi aerovokzalining ishga tushirilishi mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirish va xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Yana yangi reyslar, yangi yo‘nalishlar, yangi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki,“Buxoro” xalqaro aeroporti mamlakatimiz nufuzining jahon miqyosida yanada yuksalishiga munosib hissa qo‘shadi.

  1. Airport diagram for UTSB
  2. Airport information for UTSB from DAFIF (effective October 2006)
  3. GCM|BHK